O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev IIBB Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmua "Geoinformatsion elektron xarita" dasturi asosida ishlaydi.

Shavkat Mirziyoyev IIBB Yagona tezkor boshqaruv markazi faoliyati bilan tanishdi

 

Davlatimiz rahbari Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yagona tezkor boshqaruv markazini borib ko‘rdi

 

Ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

 

 

Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan majmua “Geoinformatsion elektron xarita” dasturi asosida ishlaydi. Unga ichki ishlar, adliya, sog‘liqni saqlash, transport va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya, Soliq qo‘mitasi kabi idoralarning 55 ta elektron bazasi integratsiya qilingan. Toshkent shahridagi 10 mingdan ortiq turar va noturar joylardagi 7 ming 300 ta videokuzatuv kameralari ham ulangan.

 

Bu jamoat xavfsizligiga masʼul kuch va vositalarni samarali boshqarish imkonini bermoqda. Jumladan, ko‘cha va jamoat joylarida xizmat olib borayotgan xodimlar onlayn kuzatib turiladi va vaziyatga qarab yo‘naltiriladi. Natijada hodisa joyiga 3-5 daqiqada yetib boriladi.

 

Bular “xavfsiz shahar”, “xavfsiz mahalla” maqsadlarini taʼminlash, huquqbuzarliklarni erta aniqlashda muhim o‘rin tutmoqda. Xususan, o‘tgan davrda poytaxtda sodir qilingan 925 ta jinoyat tezkor fosh etilgan.

 

Yagona tezkor boshqaruv markazida “Ye-manzil”, “Shakl-1”, “Ye-mehmon”, “Kadastr” dasturlaridan maʼlumot olish ham yo‘lga qo‘yilgan. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘qigan yoshlar tomonidan “Qalqon” nomli tizim yaratilgan.

 

 

Bularning barchasi xalqimiz osoyishtaligiga masʼul idoralarning samarali hamkorligini taʼminlab, maʼlumotlarni yaxlit dasturda qayta ishlash, tezkor vaziyat va kriminogen holatlarni avtomatik tahlil qilish, muammolarni baholash orqali to‘g‘ri qarorlar qabul qilish imkonini berayotir.

 

Prezidentimiz markazda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu tizimdan foydalanib, mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishini ham raqamlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini va tezkorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov yangi lavozimga tayinlandi

Davletov bunga qadar Prezidentning vakillik organlari, NNTlar va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlagan.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"