Salomatlik

Dunyoda elektron sigareta chekuvchi o‘smirlar soni kattalarga nisbatan ko‘p — JSST

2050-yilgacha sayyoramizda chekish tufayli 450 million odam hayotdan ko‘z yumishi mumkinligini prognoz qilinmoqda.

Dunyoda elektron sigareta chekuvchi o‘smirlar soni kattalarga nisbatan ko‘p — JSST

 

Kashandalik — oldini olish mumkin bo‘lgan o‘lim holatlarining birinchi sababi. Mutaxassislar 2050 yilgacha sayyoramizda chekish tufayli 450 million odam hayotdan ko‘z yumishi mumkinligini prognoz qilmoqda.

 

Xavotirlanish uchun esa yetarli asoslar bor. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining kechagi hisoboti bunga yana-da oydinlik kiritdi.

 

Unda qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha 13-15 yoshli bolalar elektron sigaretlardan kattalarga nisbatan ko‘proq foydalanmoqda. Masalan, Kanadada 2017 yildan 2022 yilgacha 16-19 yoshli o‘smirlar o‘rtasida bu turdagi mahsulotni chekish ikki baravar ko‘paygan. Angliyada esa so‘nggi uch yil ichida elektron sigareta isteʼmol qiluvchi yoshlar soni uch barobar oshgan.

 

Qolaversa, o‘tkazilgan tadqiqotlar orqali elektron sigaretadan foydalanuvchi yigit-qizlarning keyinchalik oddiy sigareta chekishga odatlanish ehtimoli deyarli uch barobar yuqoriligi aniqlangan.

 

Xo‘sh, nega bu illat ko‘lami ortmoqda? Ekspertlar fikricha, asosiy muammo bir-biridan jozibador reklamalar ko‘payib, qonuniy cheklovlar tobora susayib borayotganida!

 

Misol uchun, hozir ijtimoiy tarmoqlar orqali elektron sigaretalarning 16 000 mingdan ortiq taʼmga ega turlari taklif qilinmoqda. Hatto baʼzi ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari xaridorgirligini oshirish uchun mashhur multfilmlar qahramonlaridan foydalanishgacha boryapti.

 

Yana bir og‘riqli nuqta: bugungi kunda atigi 34 davlatda elektron sigaretalar sotuvi taqiqlagan, xolos. Biroq jahonning 88 mamlakatida bunday mahsulotlarni sotish uchun minimal yosh chegarasi belgilanmagan. 74 davlatda esa bu borada umuman qoidalar mavjud emas.

 

Vaholanki, elektron sigareta (veyp) chekish odatiy tamaki mahsulotlari kabi o‘pka, yurak qon-tomir, asab tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi.

 

Bir qator metallar, shu jumladan qo‘rg‘oshin, xrom va nikel, shuningdek, baʼzi elektron sigaretalar aerozollarida formaldegid miqdori oddiy sigaretalardagiga teng yoki undan ham yuqori.

 

Shundan kelib chiqib, JSST hukumatlarni Voyaga yetmaganlar o‘rtasida elektron sigareta isteʼmolini cheklash va yosh avlodni nikotinga qaramlikdan asrash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra, tarkibida jozibadorlikni oshirishga qaratilgan moddalar (aromatizatorlar, bo‘yoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari) bo‘lgan elektron sigaretalar, ular uchun nikotin va nikotinsiz suyuqliklarni O‘zbekiston hududiga olib kirish va sotish taqiqlanadi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"