O'zbekiston

“Endi fermerlar haqiqiy bozor munosabatlariga o‘tmoqda”

Respublika tovar-xomashyo birjasi raisi paxtachilik tarmog‘ida joriy qilinayotgan yangiliklar haqida maʼlumot berdi.

“Endi fermerlar haqiqiy bozor munosabatlariga o‘tmoqda”

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining paxtachilik tarmog‘ida bozor mexanizmi joriy etilmoqda.

 

“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Boshqaruv raisi Ziyoviddin Badriddinovning maʼlum qilishicha, endilikda mahalliy fermer va klasterlar haqiqiy bozor munosabatlariga o‘tmoqda, paxta xomashyo uchun narxlar esa bozor tamoyillari asosida faqatgina talab va taklif asosida shakllanadi.

 

Shu sababli paxta mahsulotlarining ochiq birja savdolari orqali sotilishi tarmoqda erkin bozor munosabatlarini va sog‘lom raqobat muhitini rivojlanishiga xizmat qiladi.

 

Prezidentning 2023 yil 12 dekabrdagi farmoniga muvofiq, joriy yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining “paxta xomashyosi seksiyasi”da fyuchers shartnomalari asosida 2024 yil hosilidan paxta xomashyosini sotilishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Fyuchers shartnomalari bo‘yicha ortiq yetishtirilgan paxta xomashyosi esa 2024 yilning noyabr oyidan boshlab birjaning spot savdolari orqali sotiladi.

 

Bunda, fyuchers shartnomalari orqali paxta yetishtiruvchi fermerlar tomonidan yetishtirilgan mahsulot uzi joylashgan hududdagi klasterlar tomonidan xarid qilinadi. Birja savdolari boshlang‘ich narxni o‘sishga qaratilgan auksion shaklida shaffoflik tamoili asosida o‘tkaziladi.

 

Buning uchun mamlakatning har bir tumanida faoliyat yuritayotgan birjaning savdo maydonchalari va ularning brokerlari mahalliy fermer va klasterlarga birja xizmatlarini ko‘rsatadi.

 

Keyinchalik birjada tuzilgan fyuchers shartnomalari fermerlarga paxta xomashyosini yetishtirish uchun, klasterlarga esa tuzilgan shartnoma bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun imtiyozli kredit olishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

 

Ayni paytda paxtachilik sohasida joriy etilayotgan yangiliklarning mazmun-mohiyati hamda birja savdolarida ishtirok etish tartibini tushuntirish maqsadida respublikaning barcha hududlarida O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan amaliy o‘quv seminarlar boshlanmoqda.

 

Seminarlarda Birjada akkreditatsiyadan o‘tish, Birjaning Hisob-kitob kliring palatasida hisobvaraqlarni ochish, savdolarda sotuvchi va xaridor sifatida ishtirok etish tartibi va birjada tuzilgan bitimlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish shartlari batafsil tushuntiriladi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

custom img

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"