O'zbekiston

Eron o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qildi

Mamlakat vazirining qayd etishicha, Eron dunyo, odamlar bilan muloqot qilmoqchi, eronofobiya bilan kurashmoqchi.

Eron o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qildi

 

Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 32 davlat bilan viza rejimini bekor qilishni maʼqulladi. 

 

Viza rejimi bekor qilingan mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, ro‘yxatdan BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Hindiston, Rossiya, Livan, Qirg‘iziston, Tojikiston, Tunis, Mavritaniya, Tanzaniya, Zimbabve, Mavrikiy, Seyshel orollari, Indoneziya, Bruney, Yaponiya, Singapur, Kamboja, Malayziya, Viyetnam, Braziliya, Peru, Kuba, Meksika, Venesuela, Bosniya va Hersegovina, Serbiya, Xorvatiya va Belarus ham joy olgan. 

 

Yangilik to‘g‘risida Eron madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vaziri Izzatulloh Zurg‘omiy Tehrondagi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga maʼlum qildi. 

 

Eron vazirining qayd etishicha, hukumat butun dunyoga mamlakat eshiklarini ochmoqchi. 

 

"Eron dunyo, odamlar bilan muloqot qilmoqchi, eronofobiya bilan kurashmoqchi. Viza rejimining bir tomonlama bekor qilinishi Eronga bemalol keladigan chet el fuqarolari bilan muloqot qilish uchun imkoniyatdir", — deb taʼkidladi Zurg‘omiy

 

Vazir so‘zlariga ko‘ra, dastlab 60 mamlakat bilan viza rejimini bekor qilish taklifi berilgan. Ammo yakunda 33 tasi maʼqullangan.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

custom img

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"