O'zbekiston

O‘zbekistonda yana anomal sovuq kutilyaptimi?

O‘zgidromet tarmoqda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.

O‘zbekistonda yana anomal sovuq kutilyaptimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda yaqin kunlarda havo haroratining -10 darajagacha sovib ketishi haqida xabarlar tarqaldi. O‘zgidromet bunga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, haroratning-10 darajagacha sovishi faqat tog‘ va shimol hududlariga taalluqli.  Boshqa hududlarda ushbu kun uchun o‘rtacha sutkalik havo harorati shu kun uchun xos iqlimiy meʼyorlarga yaqin qiymatni beradi. 17 dekabrdan boshlab O‘zbekistonda 4-5 kunlarcha o‘rnashgan sovuq antitsiklon chekka qismi chekinadi va havo harorati asta ko‘tarilib boradi. Bu shu kunlar uchun sovuqlik degani emas.

 

18 dekabr shimoldan kirib kelgan nam havo oqimi 19 dekabr kuni respublikaning katta qismiga taʼsir etib, asosan yomg‘irni beradi. Tog‘ va shimol, bepoyon cho‘l hududlarda qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"