O'zbekiston

Energetik ichimliklar nega xavfli?

U dastlab dori vositasi sifatida ishlatilgan.

Energetik ichimliklar nega xavfli?

 

Bugun yoshlar o‘rtasida urf bo‘lgan energetik ichimliklar ilk bor 1960 yilda Yaponiyada dori vositasi sifatida yaratilgan. Keyinchalik Yevropa va AQSHni “zabt etgach”, biznesmenlar bu mahsulotni ommalashtirish uchun tarkibiga bir qancha kimyoviy moddalarni qo‘shishgan.

 

2014 yilga kelib, JSST o‘smirlar o‘rtasida energetik ichimliklar ko‘p isteʼmol qilinayotgani yuzasidan xavotirli bayonot bilan chiqdi. 2017 yilda esa AQSHda 16 yoshli o‘smirning o‘limiga ko‘p miqdorda isteʼmol qilingan energetik ichimlik sabab bo‘lgani aytildi.

 

Hozir dunyoning qator davlatlarida bunday mahsulotlar sotuviga taqiqlar o‘rnatilgan. O‘zbekistonda ham bu borada maʼlum qonuniy cheklovlar amalda.

 

Energetik ichimliklar meʼyordan ortiq va surunkali isteʼmol qilinsa, bosh miya, markaziy nerv tizimi, bo‘g‘imlar va boshqa aʼzolarga jiddiy ziyon yetadi. Tarkibidagi kofein — psixostimulyator modda. U vaqtinchalik tetiklik hissini bag‘ishlab, charchoqni aritishi, aqliy faoliyatni kuchaytirishi mumkin, ammo maʼlum bir vaqtdan so‘ng, masalan, 1 – 1,5 soat o‘tgach, inson organizmida horg‘inlik battar kuchayadi, bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi va nafaqat aqliy, balki jismoniy faoliyat ham susayadi.

 

Bunday mahsulotlarni tez-tez isteʼmol qiluvchilarda keyinchalik bo‘g‘imlarda og‘riqlar paydo bo‘la boshlaydi va maʼlum bir asoratlarga olib keladi. O‘smirlar va bolalar uchun hafta mobaynida kofein isteʼmolini 60 mg.dan oshirmaslik kerak.

 

Bitta energetik ichimlik tarkibida esa o‘rtacha 30 mg kofein mavjud. Energetiklar ichish 18 yoshga to‘lmagan bolalar va o‘smirlar, homilador va emizuvchi ayollar, yurak-qon tomir xastaliklariga chalingan hamda qandli diabeti bor bemorlarga tavsiya etilmaydi.

 

Energetik ichimliklar meʼyoridan ortiq isteʼmol qilinganda qonda glyukoza miqdori ko‘payib ketadi. Shakarning ortiqcha qismi yog‘ga aylanadi va insulin organizmda ko‘payib, qandli diabetga olib keladi. Eng yomoni, odam bu ichimlikka beixtiyor bog‘lanib qoladi.

 

Qolaversa, energetiklarni ko‘p isteʼmol qilish inson tanasidagi hujayra va to‘qimalarga jiddiy zarar yetkazib, jigar, yurak qon-tomir kasalliklariga olib keladi.

 

Yuqori konsentratsiyalangan quvvatbaxsh ichimliklar tarkibidagi taurin – energetik jarayonni jadallashtiruvchi va nerv tizimini rivojlantiruvchi modda. Uning inson organizmi uchun sutkalik meʼyori – 400 mg. Ayrim energetiklar tarkibida esa bu modda 2 barobargacha oshiq bo‘ladi va o‘smirlar sog‘ligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

Bunday ichimliklar qisqa muddatda organizmga zararli taʼsir ko‘rsata boshlaydi. Lekin tarkibida ortofosfat kislotasi borligi uchun buni sezmaysiz.

 

Masalan, 45 daqiqadan so‘ng dofamin ishlab chiqarilishi ortib, bosh miyada rohatlanish, qoniqish markazini qo‘zg‘atadi. 70-80 daqiqadan keyin aks taʼsir qilish vaqti boshlanib, organizmda holsizlik holatlari yuzaga keladi.

 

Qolaversa, energetik ichimliklar asab tizimini ishdan chiqaradi. Ruhiy kasalliklarga chalinish xavfi ortadi, odamlarda tajovuzkorlik kuchayadi. Bolalarning zehni o‘tmaslashib, darslarni o‘zlashtirishi pasayib ketishi, nogiron, aqli zaif farzandlar tug‘ilishi ayni shunday illatlarning ham asorati, desak xato bo‘lmaydi.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"