Liviyada kema halokatga uchradi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Liviya qirg‘oqlarida kema halokatga uchradi, oqibatda 61 kishi halok bo‘lgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Liviya g‘arbidagi Zuvara shahri qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan qayiq ag‘darilib ketgan.
Cho‘kib ketganlar orasida ayollar va bolalar ham bor. Kema bortida jami 86 kishi bo‘lgan.







