So‘nggi 11 oyda poytaxtda avtobuslar bilan bog‘liq 94 ta avtohalokat sodir bo‘ldi
Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi maʼlum qildi.

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida avtobuslar bilan bog‘liq 94 ta yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur YTHlardan 34 tasi avtobus haydovchilarining aybi bilan sodir etilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, yo‘lovchi tashishda namunali xizmat ko‘rsatib, yo‘lovchilarning minnatdorchiligiga va ijobiy fikrlariga sazovor bo‘lgan, avtobuslarda joylashtirilgan maxsus QR-kodlar orqali haydovchining faoliyatiga ijobiy baho berilgan, yaʼni 5 ta yulduzcha orqali baholangan 11 nafar avtobus haydovchisi boshqaruv raisi tomonidan faxriy yorliq hamda pul mukofoti bilan taqdirlangan.







