Tramp izolyatsion siyosatga qaytish niyatida
U saylovda g‘alaba qozonsa AQSHning Xitoy, NATO va Ukrainaga nisbatan tashqi siyosatini o‘zgartirmoqchi.

Agar Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, AQSHning Xitoy, NATO va Ukrainaga nisbatan tashqi siyosatini o‘zgartirish uchun asosiy lavozimlarga o‘ziga sodiq odamlarni tayinlaydi.
Reuters agentligi manbalariga tayanib xabar berishicha, Pentagon, Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasida kadrlar almashinuvi bo‘ladi.
Tramp izolyatsion siyosatga qaytish niyatida. Shuningdek, u o‘zining birinchi muddatida bo‘lgani kabi harakatlari cheklab qo‘yilishini istamaydi.
Manbalarga ko‘ra, Tramp Yevropaga mudofaa yordamini kamaytirishi, Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarni qisqartirishda davom etishi va Ukrainaga yordamni to‘xtatishi mumkin.







