SpaceX dunyodagi eng katta raketasini uchiradi
Starshipning ikkinchi parvozi portlash bilan yakunlangandi.

Starship ulkan raketasining ikkinchi uchirilishidan bir oy o‘tib, SpaceX yana parvozga tayyorgarlik ko‘rayotganini maʼlum qildi.
Kompaniya sinovdan o‘tkazish uchun barcha kerakli asbob-anjomlarni Janubiy Texasdagi Starbase‘ga, allaqachon, o‘rnatib qo‘ygan. Saytda baʼzi taʼsirli fotosuratlar, jumladan, "Mars darvozasi" belgisining suratini eʼlon qildi.
Ilon Mask raketasi Yangi yil oldidan uchinchi parvozga tayyor bo‘lishini vaʼda qildi. Ammo hali regulyatorlardan ishga tushirish uchun ruxsat olinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Starship‘ning ikkinchi parvozi portlash bilan yakunlangandi







