O'zbekiston

Poytaxtda yana 5 kishi qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB bir qator jinoyatlarda gumonlanayotgan 5 nafar shaxs qo‘lga olinganini maʼlum qildi.

Poytaxtda yana 5 kishi qo‘lga olindi

 

Jinoiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan "Dolzarb 40 kunlik" profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahrida yana besh nafar shaxs jinoiy faoliyatda gumonlanib qo‘lga olindi

 

Poytaxt IIBB ushlanganlar ro‘yxatini keltirdi:

 

Alibek Fayziyev (1985 yilda tug‘ilgan) — Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish);

 

 

Aziz Nurmatov (1987) — 165-modda (Tovlamachilik)ning 2-qismi;

 

 

Olimjon Amonov (1990) — 273-moddaning 5-qismi;

 

 

Bahodir Qodirov (1992) — 277-modda (Bezorilik);

 

 

Bobur Ismoilov (1992) — 277-modda 3-qismi.

 

Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan, tergov davom etmoqda.

 

Ushbu shaxs yoki guruh aʼzolaridan jabr ko‘rgan, ularning jinoiy xati-harakatlari bo‘yicha maʼlumotga ega bo‘lgan fuqarolardan 71−206−45−69, 71−206−49−46, 102 telefon raqamlaridan biriga yoki 99−370−73−94 Telegram manziliga murojaat qilish so‘ralgan. Ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari maxfiyligi kafolatlanadi.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"