Cobalt, Damas ва Labo uchun shartnoma berish boshlanmoqda
Shartnomalar faqat onlayn shaklda rasmiylashtiriladi.

Bugun, 12:00 da 2024 yil ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet COBALT, Damas va Labo avtomobillarining butun hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.
Avtomobil xarid qilish uchun shartnomani faqat onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Shu kunlarda barcha Chevrolet dilerlik markazlari savdo tizimidan o‘chiriladi va avtosalonlarning barchasi yopiq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi (iOS/Android), shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. Telegram-bot faqat navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida maʼlumotni taqdim etadi.







