Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari kamaymoqda
Bu mehnat muhojirlari soni qisqargani izohlandi

Jahon banki maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari bosqichma-bosqich kamaymoqda.
Bu Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari soni qisqargani, so‘m kursining rublga nisbatan mustahkamlangani va rubl inflyatsiyasi bilan izohlangan.
Qayd etilishicha, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi Rossiyadan katta hajmdagi pul o‘tkazmalari keladigan mamlakatlarda ularning hajmi bosqichma-bosqich kamayishi kuzatilmoqda.







