"Uning tug‘ilgan kuni bo‘lmagan"
Qashqadaryoda 7 sinf qiz unashtirilgani rost ekani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Ko‘kdaladagi o‘quvchi qiz turmushga chiqdi" mazmunidagi xabarlardan so‘ng, muhokamaga sabab bo‘lgan lavhada o‘quvchining tug‘ilgan kuni tasvirlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati MMTB axborot xizmati maʼlum qilishicha, Ko‘kdala tumanidagi 68-maktab o‘quvchisi Q.D. 22-mayda tug‘ilgan.
"Lavhadagi jarayon yuzasidan soha masʼullaridan izoh so‘ralishi talab etiladi", deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, Ko‘kdala tumanidagi 68-maktabni 8-“a” sinf o‘quvchisi Q.D. hozirda majburiy taʼlimga asosan ushbu maktabdagi o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda.







