Andijonda yangi mashina zavodi quriladi
Bu bo‘yicha Prezident topshiriq bergan.

Andijonda yangi mashina zavodi quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, prezident topshiriqlariga asosan Andijonning Asaka tumanida yangi mashina zavodini qurish va ishga tushirish bo‘yicha viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida Xitoy vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Bugun, 24 dekabr kuni dastlabki muzokaralar olib borilgan va hamkorlar bilan bir qancha masalalar muhokama etilgan.







