Samarqandda bodom gulladi
Avvalroq Bo‘stonliqda ham shunday holat kuzatilgandi.

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Paxtachi tumani Sultonobod qo‘rg‘onida bodom daraxtida gullash hodisasi kuzatilgani aks etgan suratlar tarqaldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ham bodom gullagani xabar qilingandi. Bunga kuzning noyabr oyi kutilganidan ancha issiq kelgani sabab bo‘lgandi.







