O'zbekiston

Salkam 600 ming dollarni chet davlatga o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga sud hukmi o‘qildi

DXX xodimlari tomonidan hududlarda tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Salkam 600 ming dollarni chet davlatga o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga sud hukmi o‘qildi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahri, Andijon va Namangan viloyatlaridagi yirik savdogar va tadbirkorlarning juda ko‘p miqdordagi xorijiy valyutalarini aylanma yo‘llar orqali Qirg‘izistonga o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

 

Xususan, Andijon shahrida yashovchi, 1998 va 2002 yilda tug‘ilgan 2 nafar shaxs joriy yilning may oyida Toshkent shahrida juda ko‘p miqdordagi chet el valyutalarini qabul qilib olib, ularni jinoiy sheriklariga yetkazish uchun Farg‘ona viloyati tomon yo‘l oladi.

 

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida ular ushbu xorijiy valyutalarni Qirg‘izistonga bojxona nazoratini chetlab, o‘tkazishi kerak bo‘lgan, Quvasoy shahrida yashovchi fuqaro bilan uchrashgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. 

 

Ular harakatlanib kelgan “Spark” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida 4 dona qora rangli polietilen paketlarga o‘ralib, skotch bilan mahkamlangan jami 590 945 AQSH dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi. 

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruh yetakchisi bo‘lgan Quvasoy shahrida yashovchi shaxs ham qo‘lga olindi.

 

Holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

 

Natijada, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan tuman sudi tomonidan ushbu shaxslarning 2 nafariga nisbatan 5 yil, qolgan 2 nafariga nisbatan esa 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, ashyoviy dalil sifatida olingan 590 945 AQSH dollari va “Spark”  rusumli avtomashina davlat egaligiga o‘tkazildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

custom img

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"