Toshkentga “qing‘ir yo‘l” bilan olib kirilgan tamakilar fosh bo‘ldi
Ularning qiymati 6,3 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.

Bojxonachilari 6,3 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.
Tezkor tadbirda kuzatuvga olingan shaxsning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘z xonadoni va ijaraga olingan xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Bu yerda xorijda ishlab chiqarilgan, muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan respublikaga olib kirilgan 6 nomdagi 421 500 quti tamaki mahsulotlari saqlanayotganligi aniqlangan.
Aksiz markasi va raqamli markirovka kodlari bilan qadoqlanmagan mazkur sigaretlarning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 6 mlrd 329 mln so‘mdan oshmoqda.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.







