Hi-Tech

LG noodatiy gadjet — Smart Home AI Agentni eʼlon qildi

Yangi mahsulot nafaqat aqlli uyni boshqarishga, balki binolarni himoya qila oladigan uy roboti yordamchisi hamdir.

LG noodatiy gadjet — Smart Home AI Agentni eʼlon qildi

 

Qurilma robototexnika, sunʼiy intellekt va multimodal texnologiyalarni o‘zida birlashtirib, unga harakat qilish, o‘rganish, tushunish va murakkab suhbatlar o‘tkazish imkonini beradi.

 

Robot Qualcomm Robotics RB5 platformasi tomonidan quvvatlanadi va o‘rnatilgan kamera, dinamik va real vaqtda atrof-muhit maʼlumotlarini, jumladan harorat, namlik va xona ichidagi havo sifatini to‘plash uchun turli datchiklarga ega.

 

G‘ildirakli ikki oyoqli dizayn AI agentiga mustaqil ravishda uy atrofida harakatlanishiga imkon beradi. Aqlli qurilma foydalanuvchilar bilan og‘zaki muloqot o‘tkazishi va oyoq bo‘g‘imlari tomonidan taqdim etilgan harakatlar orqali his-tuyg‘ularni ifodalashi mumkin.

 

LG 2024 yil 9 yanvardan 12 yanvargacha CES 2024 ko‘rgazmasida Smart Home AI Agentning to‘liq taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"