Jahon

Harvard universiteti prezidenti isteʼfoga chiqdi

Klodin Gayning isteʼfoga chiqishi antisemitizm va plagiat bo‘yicha ayblovlar fonida sodir bo‘ldi.

Harvard universiteti prezidenti isteʼfoga chiqdi

 

Harvard universiteti prezidenti, universitet tarixida bu lavozimni egallagan birinchi afro-amerikalik va ikkinchi rahbar ayol Klodin Gay 2 yanvar kuni isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. U bu qadamni o‘ziga qarshi ko‘chirmachilik va universitetda antisemitizmga qarshi kurash yo‘qligi bo‘yicha ayblovlar fonida qo‘ygan. 

 

"Men sizlarning ko‘plaringiz bilan bu buyuk universitetni asrlar davomida rivojlantirgan akademik yuksaklikka sadoqatni ilgari surish bo‘yicha ishlash imkoniyatini mamnuniyat bilan qabul qildim. Ammo (Harvard universitetini boshqaruvchi) korporatsiya aʼzolari bilan maslahatlashgandan so‘ng, Harvard manfaatlarini himoya qilish uchun men isteʼfoga chiqishim kerakligi maʼlum bo‘ldi. Shunda bizning hamjamiyatimiz alohida shaxslarga emas, balki institutga eʼtibor qaratib, ushbu favqulodda qiyin vaziyatni yengib o‘tishi mumkin", — deyiladi Gayning bayonotida.

 

Klodin Gay 2023-yil iyulidan beri Harvard universiteti prezidenti lavozimida ishlab kelayotgandi. So‘nggi oylarda olimaga nisbatan tanqidlar kuchaydi, chunki u o‘z ilmiy nashrlarida manbalarga havolalarni to‘g‘ri qo‘ymaydi. Oxirgi bunday ayblovlar 1 yanvar kuni The Washington Free Beacon konservativ onlayn-nashrida paydo bo‘ldi. The New York Times gazetasining yozishicha, nashr so‘nggi bir necha hafta ichida Gayga qarshi kampaniya olib borgan. 

custom img

“Uyda yolg‘iz” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

Uning o‘limi sababi hozircha ochiqlanmagan.

custom img

Nepalda kuchli suv toshqini bo‘ldi: qurbonlar soni 95 nafarga yetdi

Bxote Koshi daryosida yuzaga kelgan toshqin oqibatida 63 kishi jarohatlandi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"