Navoiyda masjiddagi ehson qutilaridan salkam 5 million so‘m o‘g‘irlab ketildi
Tezkor tadbirlar davomida bu ishni 27 yoshli yigit qilgani aniqlanib, qo‘lga olingan.

Navoiy viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Karmana tumanida masjiddagi ehson qutilaridan pul o‘g‘irlagan yigit ushlandi.
Maʼlum qilinishicha, o‘g‘irlikni Nurota tumanida yashovchi 27 yoshli yigit qilgan. U 2023 yil 9 dekabr kuni tunda Karmana tumani markazidagi Qosim-Shayx masjidiga panjara osha kirib, u yerdagi 5 dona ehson qutisini buzib ochgan hamda ichidagi pullarni olib ketgan.
Yigitdan ehson qutilaridan o‘g‘irlangan 4 million 669 ming so‘m pullar hamda daliliy ashyolar rasmiylashtirib olingan. O‘tkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida yigit 2023 yilning 25 noyabridan 9 dekabrigacha Nurota va Karmana tumanlaridagi bir nechta masjidda ehson qutilaridan pullarni o‘g‘irlab kelgani maʼlum bo‘lgan.







