Salomatlik

Tadqiqot: Saratonni bir soniyada davolash usuli topildi

AQSHning Pensilvaniya universiteti olimlari saraton kasalligini davolashga qaratilgan yangi usulni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Tadqiqot: Saratonni bir soniyada davolash usuli topildi

 

AQSHning Pensilvaniya universiteti olimlari saraton kasalligini davolashga qaratilgan yangi usulni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

 

Aytish joizki, kimyoterapiya bugungi kunda onkologik xastaliklarga qarshi asosiy vositalardan biri. Buning uchun odatda foton nurlanish usulidan keng foydalaniladi.

 

Biroq so‘nggi izlanishlar flesh-terapiya deb nomlangan proton nurlanish samaradorligi yuqoriligini tasdiqlamoqda. Chunki bu usul sog‘lom to‘qimalarga kamroq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi.

 

Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, flesh-terapiya anʼanaviy nur muolajalariga nisbatan nojo‘ya taʼsirlar xavfini uchdan ikki qismga kamaytiradi.

 

Qolaversa, davolash kursi faqat bir martalik va uning davomiyligi atigi bir soniyaga teng. Zarrachalar massasi katta bo‘lganligi sababli proton nurlari bemorning kasallikdan zararlangan qismiga aniqroq yo‘naltiriladi. Bu esa qo‘shni to‘qimalar va organlarga minimal darajada salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

 

Olimlar proton nurlanishdan foydalanish metodologiyasi va ekspress seanslar uchun optimal dozalarni ishlab chiqdi. Tez orada flesh-terapiya saraton muolajasida keng ommalashishi mumkin.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"