IJF bu yil qanday xalqaro turnirlar o‘tkazadi?
Xalqaro dzyudo federatsiyasi 2024-yilgi xalqaro musobaqalar taqvimi va ularning sanalarini tasdiqladi.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2024-yilgi xalqaro musobaqalar taqvimi va ularning sanalarini tasdiqladi. Unga ko’ra, mavsumni 26-28-yanvar kunlari bo’lib o’tadigan Portugaliya (Odivelas) Gran-prisi boshlab beradi. Shuningdek, kalendar rejadan 1-3-mart kunlari Toshkentda bo’lib o‘tadigan “Katta Dubulg‘a” turniri hamda BAA (Abu-Dabi) da o’tadigan jahon chempionati ham joy olgan. Kutilganidek bu yilgi kalendar rejada 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi bo’lmish "Parij-2024" Olimpiadasi ham bor.
Musobaqalar taqvimi quyidagicha:
26-28-yanvar: Portugaliya (Odivelas) Gran-prisi;
2-4-fevral: Fransiya (Parij) “Katta Dubulg’a” turniri;
16-18-fevral: Ozarbayjon (Boku) “Katta Dubulg’a” turniri;
1-3-mart: O’zbekiston (Toshkent) “Katta Dubulg’a” turniri;
8-10-mart: Avstriya (Linz) Gran-prisi;
22-24-mart: Gruziya (Tbilisi) “Katta Dubulg’a” turniri;
29-31-mart: Turkiya (Antaliya) “Katta Dubulg’a” turniri;
3-5-may: Tojikiston (Dushanbe) Gran-prisi;
10-12-may: Qozog’iston (Olma-ota) “Katta Dubulg’a” turniri;
19-14-may: BAA (Abu-Dabi) Kattalar jahon chempionati;
28-30-iyun: Mo’g’uliston (Ulan-Bator) “Katta Dubulg’a” turniri;
27-iyul – 2-avgust: Fransiya (Parij) Olimpiada o’yinlari;
6-9-sentyabr: Vengriya (Budapesht) “Katta Dubulg’a” turniri;
13-15-sentyabr: Xorvatiya (Zagreb) Gran-prisi;
25-29-sentyabr: Turkmaniston (Ashxabod) O’smirlar jahon chempionati;
2-6-oktyabr: Turkmaniston (Ashxabod) Yoshlar jahon chempionati;
18-20-oktyabr: BAA (Abu-Dabi) “Katta Dubulg’a” turniri;
Musobaqa kuni hali tasdiqlanmagan: Isroil (Tel-Aviv) “Katta Dubulg’a” turniri.





