Zelenskiy Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainaga sarflashni taklif qildi
U buning uchun qonunchilik bazasini tayyorlash kerakligini aytgan.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya aktivlarini Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatishga chaqirdi.
Uning fikricha, Rossiyaning xorijda muzlatilgan 300 milliard dollarga yaqin aktivlaridan Ukraina manfaati uchun foydalanishga qonunchilik bazasini tayyorlash kerak.
Maʼlumot uchun, Yevropa Ittifoqida Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining 200 milliard yevrodan ortiq aktivlari muzlatib qo‘yilgan.
Hozirda Bryussel ushbu aktivlardan tushgan mablag‘ni Ukrainani qayta tiklash va rekonstruksiyaga yordam berishni taklif qilmoqda.







