O'zbekiston

Buxoro qon quyish markazi xodimlariga jinoiy ish ochildi

Ular kasal odamning qonini boshqa bemorga quyishgan.

Buxoro qon quyish markazi xodimlariga jinoiy ish ochildi

 

Buxoro viloyati Qon quyish markazi masʼul xodimlari tomonidan donor qonlarning laboratoriya tekshiruv natijalari o‘rganilmay turib, bemorlarga quyilgani aniqlandi.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishonch raqamiga kelib tushgan murojaat yuzasidan Buxoro viloyat Qon quyish markazida yuqumli kasalliklarning tarqalishiga shart-sharoit yaratib berayotgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbir olib borilgan. Unga ko‘ra, markazning masʼul shaxslari ko‘rsatmasi asosida donor qonlarga nisbatan o‘tkazilgan laborator tekshiruv natijalari o‘rganilmasdan bemorlarga quyilayotgani maʼlum bo‘lgan.

 

Qonunchilikka ko‘ra, donorlarning qoni laborator tekshiruvdan keyin o‘tkazilishi belgilangan. Unga ko‘ra, Donoroning qonida OIV/OITS, «v» va «S» gepatitlari yoki boshqa gemotransmissiv insfeksiyalar elementlari aniqlanganda qoni yo‘q qilinishi va donorlikdan chetlashtirilishi lozim.

 

Biroq soha mutaxassislaridan tashkil topgan ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda markazda «Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida»gi Qonun talablari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan.

 

Masalan, donor N.J.ning qoni o‘tkazilgan laborator tahlil natijalari kutilmasdan bemor B.H.ga quyilgan. Tezkor tadbir davomida esa qon quyish markazida o‘tkazilgan birlamchi laborator tekshiruvda donor N.J.da zahm (sifilis) kasalligi borligi aniqlangan va bu sudga oid biologiya ekspertizasining xulosasi bilan ham tasdiqlangan bo‘lgan.

 

Ayni paytda Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan viloyat Qon quyish markazi xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi, 1-qismi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda viloyat IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"