Jahon

Yevropa Kengashi rahbari Yevroparlament saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini qo‘ydi

Sharl Mishel Belgiyaning o‘ng markazchi partiyasi — “Islohotlar harakati”dan yetakchi nomzod sifatida qatnashadi.

Yevropa Kengashi rahbari Yevroparlament saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini qo‘ydi

 

Shu dam olish kunlari Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel 2024 yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Yevroparlamentga navbatdagi saylovlarda o‘z nomzodini ko‘rsatishga qaror qilganini maʼlum qildi.

 

Yevroparlamentga saylovlar 6-9 iyun kunlari Yevropa Ittifoqining barcha — 27 davlatida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, Sharl Mishel Belgiyaning o‘ng markazchi partiyasi — “Islohotlar harakati”dan yetakchi nomzod sifatida qatnashishini maʼlum qildi.

 

"Menimcha, masʼuliyatli bo‘lish va Yevropa Ittifoqining "demokratik qarashlarini" qo‘llab-quvvatlash juda muhim", — dedi u jurnalistlarga.

 

Shu bilan birga, Yevropa matbuotining qayd etishicha, agar Sharl Mishel Yevroparlamentga saylansa, ehtimol Yevropa Kengashi rahbari lavozimidan muddatidan oldin isteʼfoga chiqishi kerak bo‘ladi.

 

Yevropa Kengashi rahbarining vakolatlari 2024 yil noyabr oyi oxirida tugaydi.

 

Agar Sharl Mishel Yevroparlamentga saylansa, u 16 iyul kuni qasamyod qiladi va shu tariqa avvalgi vakolatlaridan voz kechishi kerak bo‘ladi.

 

Shu munosabat bilan YEIga aʼzo 27 davlatning davlat rahbarlari Sharl Mishelning vorisi masalasini Yevropa Ittifoqining iyun oyidagi saylovlardan so‘ng ikki sammiti rejalashtirilgan – 17 va 27-28 iyun kunlari darhol hal qilishga harakat qiladi.

 

Aynan mana shu uchrashuvlarda Yevropa Ittifoqi yetakchilari katta ehtimol bilan Sharl Mishelni almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilishadi. Siyosiy yechim bo‘lmasa, Yevropa Kengashiga o‘sha paytda Yevropa Ittifoqiga raislik qiladigan mamlakat prezidenti raislik qiladi. 2024 yilning ikkinchi yarmida Yevropa Kengashiga raislik Vengriyaga o‘tadi.

custom img

“Uyda yolg‘iz” filmi aktyori Tim Karri 80 yoshida vafot etdi

Uning o‘limi sababi hozircha ochiqlanmagan.

custom img

Nepalda kuchli suv toshqini bo‘ldi: qurbonlar soni 95 nafarga yetdi

Bxote Koshi daryosida yuzaga kelgan toshqin oqibatida 63 kishi jarohatlandi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"