O'zbekiston

Senator dam olish kunlari pirotexnika vositalaridan keng foydalanilgani yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga so‘rov yubordi

Unda pirotexnika vositalari bilan bog‘liq holatlardan, ayniqsa, keksalar, bemorlar, yosh bolalar va boshqa toifadagi fuqarolarning bayram kunlari tinchligi buzilgani, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama etilib, foydalanuvchilarning bojxona organlariga eʼtirozlari bayon qilingani aytib o‘tilgan.

Senator dam olish kunlari pirotexnika vositalaridan keng foydalanilgani yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga so‘rov yubordi

 

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisiga yangi yil kunlari pirotexnika vositalaridan keng ko‘lamda foydalanilgani yuzasidan senator so‘rovini yubordi.

 

Unda pirotexnika vositalari bilan bog‘liq holatlardan, ayniqsa, keksalar, bemorlar, yosh bolalar va boshqa toifadagi fuqarolarning bayram kunlari tinchligi buzilgani, bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama etilib, foydalanuvchilarning bojxona organlariga eʼtirozlari bayon qilingani aytib o‘tilgan.

 

Shuningdek, so‘rovda bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalari bilan bog‘liq ko‘plab qonunbuzarliklar bartaraf etilgani haqida OAV orqali chiqishlar qilingani, yangi yilda esa bunday choralar kutilgan samarani bermagani qayd etildi.

 

Shulardan kelib chiqib, senator Bojxona qo‘mitasi raisidan pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda mamlakatga olib kirish va olib chiqish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq salbiy holatlar nima sababdan to‘liq bartaraf etilmayotgani, mazkur vositalarning noqonuniy aylanishiga qanday omillar sabab bo‘layotgani yuzasidan maʼlumot taqdim etishini so‘ragan.

 

Shu bilan birga, qonunchilikda bu borada qanday bo‘shliqlar mavjudligi, qayd etilgan qonunbuzarliklarni to‘liq bartaraf etish bo‘yicha bojxona organlari tomonidan tezkor ravishda amalga oshiriladigan choralar haqida maʼlumotlar, shuningdek, Oliy Majlis Senatiga tegishli takliflar taqdim etish so‘raldi.

 

O‘zbekistonda pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, respublika hududiga olib kirish, tashish, saqlash va sotish taqiqlangan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"