Qashqadaryoda fuqaro xonadonidan 25 kg giyohvand modda topildi
Bu haqda viloyat IIB maʼlum qildi.

Joriy yilning 6 yanvar kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi va Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari hamkorligida Qarshi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sherzodning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, 3 ta belomor sigaretasi va 2 dona “Spichki” nomli gugurt qutilarda 60 gram og‘irlikdagi “Marixuana” giyohvandlik moddalari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.
Gumonlanuvchi bilan olib borilgan surishtiruvlarda giyohvandlik moddasini Ko‘kdala tumanida yashovchi Maxmud ismli shaxsdan olganligini maʼlum qildi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Ko‘kdala tumanida yashovchi Maxmudning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, yashash uyida 7 ta xaltada, 2 ta bachokda, 12 ta “Spichki” nomli gugurt qutilarda, 4 ta selofan paketda, 1 ta sigaret qutida, 3 ta belamor sigaretida jami 25 kilogram 108, 4 gram og‘irlikdagi “Marixuana” giyohvandlik moddasi hamda chekish uchun maxsus tayyorlangan uskunalar borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘limi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mehnat qilmasdan tez boyib ketishni orzu qilgan shaxs endi qonun oldida javob beradi.







