Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazadi
Yig‘ilish bugun, 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonda Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yig‘ilish bugun, 12 yanvar kuni tashkil etiladi.
U O‘zbekiston Respublikasi prezidenti, Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tadi.
Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Xavfsizlik kengashining yig‘ilishi kengaytirilgan tarkibda o‘tkaziladi.







