Qozog‘istonda Nazarboyev haykali olib tashlandi
U 4 yil avval sobiq prezidentning tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘rnatilgandi.

Ostonada mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning 2020 yilda 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘rnatilgan haykali olib tashlandi. Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, u Milliy mudofaa universiteti hududidan ko‘chiriladi.
Aniqlik kiritilishicha, haykal hozirda vaqtincha vazirlik binolaridan birida saqlanmoqda.
Maʼlumot uchun, yodgorlik 2020 yilning iyul oyida o‘rnatilgandi. Uning ochilish marosimida Qozog‘istonning amaldagi rahbari Qosim-Jomart Toqayev ham ishtirok etgan.
Nazarboyev 1991 yildan 2019 yilgacha respublika prezidenti bo‘lgan, uning o‘rnini muddatidan oldin saylovlarda g‘alaba qozongan Toqayev egallagan.





