O'zbekiston

Toshkentda “Men g‘olib” yugurish musobaqasi o‘tkazildi

Unda 1000 nafardan ortiq yuguruvchilar ishtirok etdi.

Toshkentda “Men g‘olib” yugurish musobaqasi o‘tkazildi

 

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi munosabati bilan «Men G‘olib» harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

“Humo Arena” sport majmuasining maydonchasidan 3 km va 10 km masofaga 1000 nafardan ortiq yuguruvchilar start oldi. Unda O‘zbekiston qurolli kuchlari vakillari, kuch ishlatish tuzilmalarining xodimlari, harbiy o‘quv muassasalarining kursantlari, professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar ishtirok etdi.

 

Musobaqalar yakka tartibda va jamoaviy birinchiliklarda tashkil etildi.

 

Jamoaviy birinchilikda kuch ishlatish tuzilmalar idoralarining 7 ta jamoasi va o‘quv taʼlim muassasalarining 6 ta jamoasi «Men G‘olib» kubogi uchun kurashishdi. Ular orasida Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari ham bor edi. O‘quv taʼlim muassasalarining jamoalari Qurolli kuchlar akademiyasi, Umumiy xavfsizlik universiteti, Ichki ishlar akademiyasi, FVV akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Davlat Bojxona qo‘mitasi institutining kursantlari orasidan shakllantirildi.

 

«Men G‘olib» jamoaviy musobaqalarida to‘rtinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"