To‘yida Putin raqsga tushgan Avstriya TIV sobiq rahbari Rossiyaga ko‘chib o‘tdi

Karin Knaysl Rossiyani erkin davlat deb biladi va u yerda qolib yashash uchun mamlakat sharqida uy qurish niyatida. U fuqaroligini o‘zgartirmaydi.

To‘yida Putin raqsga tushgan Avstriya TIV sobiq rahbari Rossiyaga ko‘chib o‘tdi

 

Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl Rossiya Federatsiyasiga butunlay ko‘chib o‘tganini maʼlum qildi.

 

"Men shaharda yashaydiganlardan emasman", — dedi u. 

 

Knaysl fuqaroligini o‘zgartirish niyatida emas 

 

Avstriya tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari fuqarolik beradigan huquq va majburiyatlar faqat bitta davlat bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, deb hisoblab, Rossiya pasportini olishni rejalashtirmayotganini aytdi.

 

"Fuqarolikni shunchaki o‘zgartirib bo‘lmaydi. Agar shunday qilsam, bitta fuqarolikni tanlash kerak bo‘ladi. Men juda konservativman, lekin bir vaqtning o‘zida ikkita pasportga ega bo‘lish ko‘pxotinlilikda yashash va ikki kishi bilan turmush qurishga o‘xshaydi", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS. 

 

Agentlikning aniqlik kiritishicha, o‘tgan yozda Knaysl rossiyalik bo‘lish uchun rus tilini to‘g‘ri o‘rganishi kerakligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda "Urush va tinchlik"ni tugatishi kerak, Dostoyevskiyni va Chexovning kamida ikkita asarini o‘qish kerak, keyin bu haqda suhbatni boshlash mumkin bo‘ladi". Knaysl so‘zlariga ko‘ra, rus tilini o‘rganyapti, ammo unda gapirishga o‘zida hali ishonch his qilmayapti.

 

Sobiq vazir hozircha ijarada

 

2023-yil avgust oyida Karin Knaysl Ryazan viloyati Kasimovskiy tumani Petrushovo qishlog‘ida uyni ijaraga oldi, deya xabar beradi "Vid sboku" mahalliy onlayn gazetasi. Nashrning aniqlik kiritishicha, u ilgari bir muddat Quyi Avstriyadagi Zaybersdorf shahrida yashab, kichik fermani boshqargan.

 

"Men eski hayotimni tark etishimga, hammasini boshidan boshlashga majbur bo‘ldim, 60 yoshda bu oson emas", — deb qo‘shimcha qildi avstriyalik sobiq siyosatchi. 

 

Amerikaning The Washington Post gazetasi 2022-yil iyul oyida maqola chop etib, unda Avstriya sobiq tashqi ishlar vaziri tahdidlar tufayli o‘z fuqaroligi davlatini tark etgani haqida xabar bergan edi. O‘sha kuni Knayslning o‘zi X ijtimoiy tarmog‘idagi sharhlaridan birida "doimiy hujumlar" tufayli 2020-yil sentabr oyida Avstriyani tark etganini tushuntirdi. 

 

2022-yil may oyining oxirida Knaysl «Rosneft» direktorlar kengashidagi lavozimidan bosh tortgani maʼlum bo‘ldi. U Rossiya davlat konsernida bir yilga yaqin lavozimda ishlagan. 

 

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil avgust oyida Knayslning to‘yida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etib, u bilan raqsga tushgandi. O‘shanda u ommaviy axborot vositalariga hukumatdagi hamkasblarini va o‘sha paytda Avstriyaga tashrif buyurgan Putinni tadbirga tasodifan taklif qilganini aytgan edi.

custom img

Arab va musulmon davlatlari Quddusdagi muqaddas qadamjolarni himoya qilish rejasini ishga tushirdi

Tashabbus Isroil tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklarni hujjatlashtirish, muqaddas maskanlar atrofidagi vaziyatni muhokama qilishni nazarda tutadi.

custom img

Rossiya bayrog‘i tushirilgan poyandoz ishi: o‘zbekistonlik ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi

Qozondagi Bosh konsulxona ma’lum qilishicha, bunga Rossiya vakolatli idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida erishilgan.

custom img

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentdagi Islom Karimov yodgorlik majmuasi atrofi aholi uchun ochilmoqda

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar hududni kompleks rivojlantirish ishlari boshlandi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi istirohat bog‘larini ko‘zdan kechirgandi.

custom img

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: "Prezident sovg‘alari" 25-avgustgacha maktablarga yetkaziladi

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga 12 turdagi o‘quv qurollari hamda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan davlat ramzlari tasvirlangan brelok kiritilgan.

custom img

Sirdaryoda farzandini kiyim ilgich bilan urgan ona 3 sutkaga qamaldi

Ayol farzandi maktabdagi to‘garakka bormasdan ko‘chada o‘ynab yurganidan jahli chiqqan.

custom img

Endi ekologik ekspertiza boshqacha ishlaydi: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori nimalarni o‘zgartirdi?

Yangi tartib loyihalarni ekologik xavfiga qarab baholash, byurokratiyani qisqartirish va xizmatlar shaffofligini oshirishni nazarda tutadi.

custom img

Samarqandda "Nurbuloq" sanatoriy-kurort shahri tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Tibbiy hamda sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish maqsadida Prezident qarori loyihasi tayyorlandi

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"