Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi
O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Fransiyada norozilik namoyishlari vaqtida ta’lim muassasalarida zo‘ravonlik va vandalizm holatlari kuzatildi. Kamida 24 ta maktabga o‘t qo‘yilgan yoki ular vayron qilingan. Bu haqda mamlakat ta’lim vaziri Eduar Jefrega tayanib, Le Figaro ma’lum qildi.
Vazirning aytishicha, juma kuni Fransiya bo‘ylab 400–500 ta ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan. Dushanba kuni ham shuncha maktab va boshqa ta’lim muassasasida mashg‘ulotlar to‘xtatilishi kutilmoqda.
Jefrening qayd etishicha, darslar barcha muassasalarda birdaniga emas, bosqichma-bosqich va qisman tiklanadi.
Shuningdek, voqealar boshlanganidan buyon ta’lim tizimining 78 nafar xodimi jarohatlangan.
Ta’lim vaziri bu ma’lumotlarni “Bo‘ysunmas Fransiya” harakatining milliy koordinatori Manuel Bompar bilan bo‘lib o‘tgan bahs davomida keltirgan.








