Jahon

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya kansleri Fridrix Merz 4-oktyabr kuni Kiyevga tashrif buyurdi. Tashrif vaqtida Ukraina poytaxtida havo hujumi sirenalari yangradi va portlashlar ovozi eshitildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Merz Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Germaniya kansleri Rossiyani hujumlarni to‘xtatishga chaqirib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etishini bildirdi.

 

Germaniya hukumati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida Ukrainaga 1 mlrd yevrolik harbiy yordam hamda energetika sohasidagi infratuzilmani tiklash uchun 350 mln yevro ajratilishi e’lon qilinadi. Shuningdek, turli turdagi dronlarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvni yakunlash rejalashtirilgan.

 

Merz va Zelenskiy Rossiyaning o‘tgan hafta dron hujumi oqibatida zarar ko‘rgan Ukraina Fanlar akademiyasi binosiga ham bordi. Hujumda kamida ikki kishi halok bo‘lgandi.

 

“Janob Putin, bu ma’nosiz urushga barham bering. Biz muzokaralarga tayyormiz, biroq Ukraina tinch aholisiga qarshi hujumlar to‘xtatilishi kerak”, — dedi Merz.

 

Qayd etilishicha, yakshanba kuni ertalab Kiyevda to‘rt marta havo hujumi xavfi e’lon qilindi. Portlashlar va havo mudofaa tizimlarining ovozlari shaharning turli hududlarida eshitildi.

 

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, Rossiya hujumlaridan biri Dnepr daryosi ustidagi Shimoliy ko‘prikka zarar yetkazgan. Ikki kishi jarohatlangan, hududdagi issiq suv ta’minoti tizimi ham shikastlangan.

 

Merz bilan birga Kiyevga Germaniya iqtisodiyot vaziri Katerina Rayxe va Siemens Energy, Hensoldt, Diehl Defence, Quantum Systems kabi kompaniyalar rahbarlaridan iborat delegatsiya ham borgan.

 

Tashrif davomida Ukraina hukumatidan Yevropa Ittifoqi talab qilayotgan islohotlar, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni jadallashtirish masalasi ham muhokama qilinishi kutilmoqda.

 

Zelenskiy avvalroq Germaniya bilan dronlar, raketalar va tegishli dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv tez orada yakunlanishini bildirgan. Tomonlar, shuningdek, uchish masofasi 1 ming kilometrdan ortiq bo‘lgan qurollarni birgalikda ishlab chiqish va ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa Ukrainadagi nishonlarga zarbalar davom ettirilishini bildirgan. Moskva buni Rossiyaga uyushtirilgan Ukraina hujumlariga javob sifatida izohlagan.

 

Zelenskiy Reuters’ga bergan intervyusida Ukraina Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni kuchaytirishini aytdi. U buni Moskvaning Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga qarshi hujumlarni kuchaytirayotganiga javob sifatida izohladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.