Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi
Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Bugun Toshkent shahrida nam havo massalari kirib kelishidan oldin qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Bu haqda Maxsus komissiya ogohlantirdi.
“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, shamol tezligi 3–8 m/s gacha, ayrim hududlarda esa 10–14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kuchli shamol ayrim joylarda chang-to‘zon yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, buning natijasida atmosfera havosidagi chang zarrachalari, xususan, PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatga oshishi mumkin.
Hozirda poytaxt havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.








