“Iphone 17” nurlanishga qarshi ekranli bo‘ladi
U 1,5 yil ichida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Apple kompaniyasi yangi ekran ustida ish olib bormoqda. Ushbu ekran Iphone 15 liniyasidagi Ceramic Shield oynasiga qaraganda qirilishga bardoshli va nurlanishga qarshi qoplamasi bo‘ladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Iphone 17 uchun boshlang‘ich versiyadagi displeylar xitoyda tayyorlanib, Apple kompaniyasiga yetkazilmoqda. Biroq ommaviy ishlab chiqarishga hali ancha vaqt bor.
Qolaversa, innovatsion displey faqat Apple smartfonlarining keyingi avlodida debyut qiladi.







