Endi AirPodsʼlarni yesa bo‘ladi
Mashhur brend quloqchin shaklida shirinlik ishlab chiqardi.

Mashhur moda brendi quloqchin ko‘rinishidagi kondfetlarni ishlab chiqardi. 2-aprel kuni mahsulot haqida eʼlon rasmiy saytga joylangach, u darhol 50 dollarga sotilgan.
Yangicha konfetning tarkibi izomalt, suv, 2 foizdan kam tabiiy va sunʼiy tatlar, oziq-ovqat bo‘yoqlaridan iborat. Ozuqaviy qiymati 10 kaloriya. Hozircha ularni faqat AQSHda sotib olish mumkin.
Shirinlikni sotib olishga muvaffaq bo‘lganlarning so‘zlariga ko‘ra, konfetlar tetiklantiruvchi yalpiz taʼmiga ega. Ishlab chiqaruvchilar mahsulot tarkibida sunʼiy yog‘lar va allergenlar yo‘qligiga kafolat bermoqda.







