Putin va Si Szinpin uchrashuvi yakunlandi: nimalar muhokama qilindi?
Bu yil boshidan buyon ularning beshinchi uchrashuvi bo‘ldi.

Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpinning muzokaralari Xitoyning Shenchjen shahrida yakunlandi. Uchrashuv Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Dastlab ikki davlat rahbari delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi. Shundan so‘ng ular ishchi nonushta vaqtida cheklangan tarkibda muloqotni davom ettirgan. Suhbat jami ikki soatdan ortiq davom etgan. Bu yil boshidan buyon yetakchilarning beshinchi uchrashuvi bo‘ldi.
Muzokaralarda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro masalalar muhokama qilingan. Putin ikki davlat yanada adolatli ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirishga konstruktiv yondashuvga sodiq ekanini ta’kidlagan.
Si Szinpin esa mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har qanday qiyinchiliklarga qaramay, o‘zgarishsiz mustahkam turadigan tog‘ga qiyoslagan.
Putinning ma’lum qilishicha, ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilganidan keyin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi sayyohlar oqimi 43 foizga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, APEC sammiti 18–19-noyabr kunlari Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Sammitning so‘nggi kunida Putin, Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirokida ilk uch tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.








