Ommalashgan transport ijarasi, elektromobillarga bo‘lgan yuqori talab va alohida yo‘laklar

Shanxayda transport tizimi qanday ishlaydi?

Ommalashgan transport ijarasi, elektromobillarga bo‘lgan yuqori talab va alohida yo‘laklar

So‘nggi vaqtlarda iqlim o‘zgarishi, havo va suv ifloslanishi kabi ekologik muammolar hammani birdek tashvishga solmoqda. Tan olish kerak, ekologik vaziyat borgan sari yomonlashib borayotgani haqiqat. Bu oqibatlarni bartaraf etish insoniyat oldida turgan eng katta vazifalardan biri.

 

Avtomobillardan chiqayotgan gaz atmosfera havosining ifloslanishiga sabab bo‘layotgan eng katta omillardan biri. Hozirda boshqa davlatlar qatori O‘zbekistonda ham elektromobil va velosiped kabi transport turlari ommalashib bormoqda. Shuningdek, Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkazilib, unda nafaqat oddiy aholi, balki mutasaddi rahbarlargacha faol ishtirok etyapti. Bundan tashqari, "Yashil makon" doirasida hududlarga minglar ko‘chatlar ekilib, loyiha tobora kengaymoqda. Xo‘sh, bu bo‘yicha xorij tajribasi qanday? Biz Shanxay shahri misolida bu masalani qisman ochib berishga harakat qildik.

 

Esingizda bo‘lsa, 2014 yilda Xitoyning katta shaharlarida havo ifloslanishi xavfli darajaga yetgandi. Bunga, asosan, avtomobil, yuk mashinalari va fabrikalardan chiqayotgan tutunlar asosiy sabab bo‘lgan. 

 

2018 yilda esa Xitoyning Ekologiya va Atrof-muhit vazirligi mamlakatning yirik shaharlarida havo ifloslanishi darajasi pasayib borayotganini maʼlum qildi. Masalan, 28 ta shaharda olib borilgan kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, havoning har kub metrida 78 mikrogramm qattiq modda borligi aniqlangan bo‘lsa, hozirga kelib, ushbu ko‘rsatgich salkam 30 foizga kamaygan. Shanxay politexnika universiteti xodimlaridan biri bugun XXRda avtomobillardan foydalanish tizimi avvalgidan ancha o‘zgargan. Xitoyliklar bunga qanday erishdi?

 

Metro — eng ommaviy transport turi

 

 

Hozir Xitoy shaharlarida eng ommaviy transport turi — metro. Avtomobillar ham yo‘q emas, albatta. Tanlov odamlar qo‘lida: ular, asosan, piyoda yurish va yerosti transportini tanlayapti. Bu tizim juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Metro stansiyalari shaharning har bir aholi gavjum hududiga yetib borgan. Soat 7 dan 9 gacha vagonlarda bosim juda katta bo‘ladi (xuddi o‘zimizdagi kabi). 10 dan 4 gacha esa odam kam harakatlanadi. 

 

Elektromobillar urfda — hukumat esa buni qo‘llab-quvvatlaydi

 

Yaqin-yaqingacha xitoyliklar, asosan, yonilg‘ida harakatlanadigan mashinalardan foydalangan. Ammo vaziyat asta-sekin o‘zgarib bormoqda.

 

Hozir elektromobillarni xarid qilish urfga aylandi. Xitoy hukumati odamlarning bu harakatlarini rag‘batlantirmoqda.

 

 

Shanxay politexnika universiteti xodimi janob Shaoning oila aʼzolari bundan 4 yil avval avtomobil xarid qilayotganida elektromobil arzonroq va foydaliroq ekanini aytishgan. Hukumat ham ushbu elektromobil xarid qilganlarni 10–20 ming yuan (o‘zbek so‘mida taxminan 16 mlndan 31 mlngacha) atrofida moddiy mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlaydi. 

 

Ham sog‘likka, ham cho‘ntakka foyda

 

 

Ham sog‘lom turmush tarzi, ham ekologiya uchun foyda keltirish maqsadida shanxayliklar velosipeddan keng foydalanishadi. Bu eng qulay transport turi. Shaharning ko‘plab hududlari, metro bekatlari, savdo do‘konlari, yashash uylari oldida veloturargohlar tashkil etilgan. Shuning uchun ham transportning bu turidan foydalanish aholiga ancha qulaylik tug‘diradi.

 

Shahar cheti yoki markazida bo‘lmasin uzoqni yaqin qilish uchun har bir oila velosiped yoki skuterdan foydalanadi. Shaharda veloishqibozlarni turli tadbirlar ham tashkil etib turishadi.  

 

Hamma uchun alohida yo‘lak

 

 

Shanxayda yonilg‘isiz transportlar harakatlanishi uchun keng va xavfsiz yo‘laklar tashkil etilgan. Yo‘lovchilar uchun esa alohida harakatlanish yo‘lagi bor. Ular transport yo‘llarida harakatlanishi mumkin emas. Umumiy qilib aytganda, 3 turdagi yo‘laklar barcha turdagi transport turlari va yo‘lovchilar uchun xizmat qiladi. Qoidani buzgan fuqaro albatta jarima to‘laydi.

 

Ommalashgan transport ijarasi  

 

 

Shanxayda velosiped, avtomobil, skuter kabi transportlarni ijaraga berish ommalashgan. Ulardan fuqarolar ish joyidan uyigacha, o‘qish binosidan metrogacha yetib olishi mumkin. Bunday transport turlarini har kilometrda uchratish odatiy hol. Bu juda arzon (1,5 yuan). Soatiga qarab qimmatlab boradi. Muhimi, bugun Shanxay boshqa mamlakatlarga nisbatan ekologik toza davlat hisoblanadi.

 

Bahriniso Madumarova

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Hirotda BMTning ikki xodimi Tolibon razvedkasi tomonidan hibsga olindi

Ularning nima sababdan hibsga olingani va qanday ayblovlar qo‘yilgani haqida ma’lumot berilmagan.

custom img

Shveysariyaning Alp tog‘larida badavlat shaxslar uchun yer osti omborlari qurilmoqda

Qimmat buyumlar saqlangan eski harbiy bunkerlardan ayrimlarini “Rossiya tahdidi” fonida o‘q-dorilar uchun qayta ishga tushirish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Liviyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga dronlar hujum qildi

Hujum oqibatida yoqilg‘i saqlash rezervuari qulab, yong‘in yuzaga kelgan, biroq hodisa tezda nazoratga olingan.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

“Rossiya kemalari musodara qilinsa, javob qaytaramiz” – Putin

Rossiya prezidenti Yevropa davlatlarini Rossiya savdo kemalarini qo‘lga olishdan ogohlantirdi va bunday holat javobsiz qolmasligini aytdi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"