Jahon

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

1,3 mingdan ortiq isroillik bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga Isroil politsiyasi himoyasi ostida bostirib kirdi. Bu haqda Quddusdagi Islom vaqflari boshqarmasiga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 30-sentyabr kuni ertalab 1 317 nafar isroillik Isroil politsiyasi hamrohligida muqaddas qadamjo hududiga bostirib kirgan.

 

Quddusdagi Islom vaqflari boshqarmasining ismini oshkor etishni istamagan vakili ertalabdan yuzlab isroilliklar Isroil politsiyasi qo‘riqlovi ostida Al-Aqsoga bostirib kirishni davom ettirayotganini bildirgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bostirib kirishlar davomida Al-Aqso masjidining tarixiy status-kvosi buzilgan. Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

 

Quddusdagi Islom vaqflari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 27-sentyabrdan buyon minglab isroilliklar Sukkot bayramini nishonlash bahonasida Al-Aqso masjidiga bostirib kirmoqda.

 

Yahudiylarning bayramlar davri 12–13-sentyabr kunlari Yangi yil bayrami bilan boshlangan. Shundan so‘ng 21-sentyabrda Yom-Kippur, 26-sentyabrdan 2-oktyabrgacha Sukkot va 3-oktyabrda Simxat-Tora (Tavrotni yillik o‘qish siklining yakunlanish bayrami) nishonlanadi.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

custom img

Tokioda 34 kunlik rekord: yomg‘irsiz kun bo‘lmadi

Tokio markazida 27-avgustdan 29-sentabrgacha har kuni yog‘ingarchilik qayd etilgan.

custom img

Fransiyada o‘quvchilar namoyishi: 164 kishi hibsga olindi

28-sentyabr kuni mamlakat bo‘ylab norozilik aksiyalari qariyb 180 ta maktabni qamrab olgan.

custom img

Londonda jazirama oqibatlari: uylar darz ketib, cho‘ka boshladi

Mutaxassislar buni quruq ob-havo tufayli loyli tuproqning qisqarishi bilan bog‘lamoqda.

custom img

Rossiya naqd rubl olib chiqishga cheklov qo‘ydi: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Jismoniy shaxslar uchun limit 1 mln rubl etib belgilandi, qoidani buzganlarda belgilangan limitdan ortiq summa olib qo‘yiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"