O'zbekiston

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

2026/2027-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlarga oliy ta’limga kirishda ikkita qo‘shimcha imkoniyat berildi.

 

Davlat komissiyasining tegishli bayoniga ko‘ra, 2–6-oktyabr kunlari kirish imtihonlarida 68 va undan yuqori ball to‘plab, davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametri uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin.

 

Buning uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy ta’lim tashkilotini tamomlagan abituriyentlar 2–6-oktyabr kunlari my.uzbmb.uz orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Tanlov abituriyent talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi.

 

Maqsadli qabulga tavsiya etishda abituriyentlarning kirish imtihonlarida to‘plagan ballari ketma-ketligi asos qilib olinadi.

 

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va kirish imtihonlarida 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun viloyatlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishlariga 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametri ajratildi.

 

Mazkur qo‘shimcha qabul bazaviy to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Tanlov tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida o‘tkaziladi.

 

Tanlov qaydnomalari 2026-yil 10-oktabrgacha tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

custom img

“O‘qituvchi — mehr daryosi”: Prezident ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlimning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

custom img

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"