O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan mamlakat pedagoglarini tabrikladi.

 

Prezident o‘z tabrigida ta’lim sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijalarini qayd etdi. Ta’kidlanishicha, hozirda mamlakatdagi 40 ming nafar o‘qituvchi 1 ming dollardan, 1,5 ming nafari esa 2 ming dollardan ortiq maosh olmoqda.

 

Shuningdek, joriy yilda yangi formatda o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining 208 nafar tuman va shahar bosqichi g‘oliblariga jami 616 million so‘mdan mukofot berilgan. Mazkur rag‘batlantirish mexanizmlarini kelgusi yildan bog‘cha tarbiyachilari va texnikum ustalariga ham joriy etish rejalashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi o‘n yilda mamlakatda 1,8 million o‘rinli bog‘cha va 1,5 million o‘rinli maktablar barpo etilgan, 10 mingdan ziyod bog‘cha va maktab zamonaviylashtirilgan. Oliy ta’lim muassasalari soni esa 77 tadan 205 taga yetgan, oliy ta’lim bilan qamrov 45 foizga oshgan.

 

Prezident xalqaro ta’lim va fan musobaqalaridagi natijalarga ham to‘xtaldi. 2026-yilda O‘zbekiston o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda 228 ta medalni qo‘lga kiritgan. Bu yil xorijiy til va fan sertifikatiga ega o‘quvchilar soni 100 ming nafarga yetgan, qariyb 5 ming nafar maktab bitiruvchisi oliygohlarga kirishda eng yuqori ball to‘plagan.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning 15 yoshli o‘quvchilari PISA xalqaro tadqiqotida tabiiy fanlarni o‘zlashtirish bo‘yicha 32 pog‘onaga ko‘tarilib, 48-o‘rinni egallagani qayd etilgan.

 

Tabrikda kelgusi o‘n yil mamlakat uchun milliy yuksalish davri sifatida belgilanganini ta’kidlab, ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

 

Jumladan, ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilingani ma’lum qilindi.

 

Prezident barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan yana bir bor tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

custom img

25 yilgacha yoki umrbod: bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish hamda ayrim uyatsiz-buzuq harakatlar og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilanadi.

custom img

Maktablarga talab oshadi: joriy yilda 1-sinfga 800 ming bola qabul qilindi

Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi.

custom img

“O‘qituvchi — mehr daryosi”: Prezident ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev taʼlimning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.

custom img

O‘qituvchilarning mukofot pulidan nega soliq ushlanadi? Vazirlik izoh berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

custom img

B2 sertifikati yo‘q o‘qituvchilar ishdan olinmaydi: vazirlikdan yangi ko‘rsatma

B2 sertifikati bo‘yicha yakuniy tartib Vazirlar Mahkamasi qaroridan so‘ng belgilanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"