O'zbekiston

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Ayrim hollarda mehnat shartnomasi bekor qilingan va belgilangan ish stajiga ega fuqarolarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

 

28-sentyabr kuni qabul qilingan 519-son Hukumat qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga ko‘ra, umumiy mehnat staji 25 yildan kam bo‘lmagan 58–60 yoshdagi erkaklar hamda kamida 20 yillik ish stajiga ega 53–55 yoshdagi ayollar muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdimnoma rasmiylashtirish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.

 

Buning uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi ilova qilinadi. Mehnat staji to‘liq raqamlashtirilmagan bo‘lsa, mehnat daftarchasi nusxasi ham taqdim etiladi.

 

Mahalliy mehnat organi taqdim etilgan hujjatlarni ikki ish kuni ichida tekshiradi. Shundan so‘ng murojaat qiluvchi ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinib, uch oy davomida unga maqbul ish topish choralari ko‘riladi.

 

Agar uch oy ichida maqbul ish topilmasa, fuqaro ishsiz deb e’tirof etiladi va muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdimnoma Pensiya jamg‘armasiga yuboriladi.

 

Pensiya tayinlanganidan so‘ng ishsizlik nafaqasini to‘lash keyingi oydan boshlab to‘xtatiladi. Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun to‘lov undirilmaydi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.