Hi-Tech

Tesla chiqargan mashinada muammo chiqdi

Salkam 4 mingta avtomashina qaytarib olinadigan bo‘ldi.

Tesla chiqargan mashinada muammo chiqdi

Tesla gaz pedali bilan bog‘liq muammolar tufayli 3878 ta Cybertruck pikaplarini qaytarib oladi.

 

Avtomashinadagi ushbu muammo 17-aprel kuni AQSH Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining hisobotida aytib o‘tilgan.

 

Endi kompaniya 2023-yil-noyabrdan beri sotilgan barcha Cybertruck rusumli transport vositalarini qaytarib oladi. Yuzaga kelgan nosozlik bepul bartaraf etiladi.

 

Shuningdek, 2024-yil 17-apreldan keyin ishlab chiqarilgan barcha avtomobillardagi nuqson tuzatiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"