Hi-Tech

Janubiy Koreyada iPhone ishlatish taqiqlanishi mumkin

Ayni paytda ushbu masala ko‘rib chiqilmoqda.

Janubiy Koreyada iPhone ishlatish taqiqlanishi mumkin

Janubiy Koreya harbiy qo‘mondonligi maxfiy maʼlumotlar sizib chiqib ketishining oldini olish maqsadida mamlakatdagi barcha harbiy muassasalarda iPhoneʼlardan foydalanishni taqiqlamoqchi. Mazkur chora joriy yilning 1 iyunidan kuchga kirishi mumkin.

 

Harbiy doiralardagi manbalarga ko‘ra, taqiq faqat Apple mahsulotlariga tegishli bo‘ladi. Shu bilan birga, Android operatsion tizimiga asoslangan qurilmalar, jumladan Koreyaning Samsung gadjetlari cheklovlardan taʼsirlanmaydi. Bunga Android qurilmalari milliy xavfsizlik talablariga javob berish uchun zarur bo‘lgan tizim funksiyalarini yana-da moslashuvchan konfiguratsiyaga imkon bergani sabab bo‘lishi mumkin.

 

Taklif etilayotgan chora-tadbirlar doirasida harbiy idora barcha turdagi aqlli soatlar va taqiladigan qurilmalardan foydalanishni taqiqlashni kengaytirish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. Agar taqiq barcha bo‘linmalarga tatbiq etilsa, bu 500 mingga yaqin harbiy xizmatchilarga taʼsir qiladi.

 

Janubiy Koreyada iPhone ishlatish taqiqlanishi mumkin | Zamon.uz