Hi-Tech

IPhone 16 to‘rt xil o‘lchamda chiqadi

Yangi versiya taqdimoti joriy yil kuzda bo‘lib o‘tadi.

IPhone 16 to‘rt xil o‘lchamda chiqadi

X ijtimoiy tarmog‘ida iPhone 16 barcha modifikatsiyasining fotosuratlari paydo bo‘ldi. Rasmlarga yangi mahsulotlar displeyining diagonallari haqidagi maʼlumot ham qo‘shimcha qilingan.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilda iPhone ishqibozlariga korpus o‘lchamlari turlicha bo‘lgan to‘rtta model taqdim etiladi.

 

Turfa xil diagonalga ega qurilmalarning ekranlari quyidagicha o‘lchamda:

 

iPhone 16 - 6,1 dyuym;

iPhone 16 Plus - 6,7 dyuym;

iPhone 16 Pro - 6,3 dyuym;

iPhone 16 Pro Max - 6,9 dyuym.

 

Eslatib o‘tamiz, vertikal kamera blokiga ega iPhone 16 suratlari allaqachon internetda paydo bo‘lgandi.

 

Aytish joizki, Apple‘ning yangi flagmanlari sig‘imli kamera bilan jihozlanadi.

IPhone 16 to‘rt xil o‘lchamda chiqadi | Zamon.uz