Hi-Tech

Yandex Toshkentda o‘z ofisini ochmoqchi

Shuningdek, kompaniya dasturlash maktablarini ochishni rejalashtirilgan.

Yandex Toshkentda o‘z ofisini ochmoqchi

“Yandex Uzbekistan” kompaniyasi mamlakatdagi biznesini rivojlantirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni rejalashtirmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, ofis ochilganidan keyin Yandex yosh IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bunda yuqori sinf o‘quvchilari uchun yangi Dasturlash maktablarini ochish rejalashtirilgan.

 

Yandex, shuningdek, qizlarni IT-tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha “Technovation Girls” dasturini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqchi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"