Jahon

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Braziliyada «Uberlandiya» va «Mamore» jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi ommaviy mushtlashuv bilan yakunlandi. Hakam jami 53 kishini maydondan chetlatdi. 

 

Voqea 1-noyabr kuni Minas-Jerays shtati U20 jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi divizion yarim final uchrashuvida yuz berdi. Uberlandiya shahridagi «Parki-du-Sabiya» stadionida o‘tkazilgan bahsda «Mamore» raqibini 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

 

Uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida «Mamore» uchinchi golini urganidan so‘ng mojaro boshlangan. Mehmonlar futbolchisi Davi golni nishonlash vaqtida raqib jamoaning zaxira o‘rindig‘i tomon provokatsion harakatlar qilgan va haqoratli so‘zlar ishlatgan. Shundan keyin futbolchilar hamda murabbiylar shtabi vakillari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.

 

Vaziyat qisqa vaqt ichida ommaviy mushtlashuvga aylanib, maydonda mushtlashish, tepish va turli buyumlarni uloqtirish holatlari kuzatilgan. Mojaro sabab hakam Fernando Patrik o‘yinni yakunlash protokolini ham to‘liq bajara olmagan. Shu bois qizil kartochkalar tegishli ravishda uchrashuv bayonnomasiga kiritilgan.

 

CNN Brasil xabariga ko‘ra, jami 53 kishi maydondan chetlatilgan. Ularning 43 nafari futbolchi, sakkiz nafari murabbiylar shtabi vakillari va ikki nafari klub rahbarlaridir. Shulardan 50 nafari ommaviy mushtlashuv ortidan, yana uch futbolchi esa uchrashuv davomida sodir etgan qoidabuzarliklari uchun jazolangan.

 

Mojaro faqat futbolchilar bilan cheklanmagan. Hakam bayonnomasida «Uberlandiya» rahbarlarining hakamlar brigadasiga bosim o‘tkazgani, haqorat qilgani va tahdidlar bildirgani ham qayd etilgan. Hakam Fernando Patrik klub vakillaridan biri tomonidan bildirilgan tahdidlar yuzasidan politsiyaga ariza bergan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat futbol uchrashuvida maydondan chetlatilganlar soni bo‘yicha avvalgi rekorddan ham oshib ketgan. Bungacha rekord 2011-yil 27-fevral kuni Argentinaning beshinchi divizionida «Atletiko Klaypole» va «Viktoriano Arenas» jamoalari o‘rtasidagi bahsda qayd etilgan edi. O‘shanda ikki jamoaning jami 36 nafar futbolchisi qizil kartochka olgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.