O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xirmoni yaratilgani bilan dehqon va fermerlar, klaster xodimlari, dala mehnatkashlarini tabriklab, sohada erishilgan yutuqlar va kelgusi yil uchun belgilangan vazifalar haqida ma’lum qildi.

 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, paxta hosili yog‘ingarchilikli kunlarga qoldirilmasdan, sohaning ichki imkoniyatlari hisobidan yig‘ib olingan.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda paxtachilikda hosildorlik 2,7 barobar oshib, gektariga 21 sentnerdan 56 sentnerga yetgan. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobiga suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki barobar kamaygan.

 

Bu yil qariyb 400 ming gektar maydonda o‘rtacha hosildorlik gektariga 70 sentnerga yetgan. Salkam 70 ming gektarda esa 100–110 sentnergacha hosil olingan. Shuningdek, qariyb 1 mingta fermer xo‘jaligi va klaster o‘rtacha 100 sentnerlik hamda undan yuqori natijaga erishgan.

 

Yetishtirilgan hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta terish mashinasi yordamida 30–35 kun ichida yig‘ib olingan. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalashtirish darajasi 100 foizga yetgan.

 

Shuningdek, bu yil fermerlar paxtadan 13–14 trillion so‘m sof foyda olishi kutilmoqda.

 

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilda serhosil urug‘lik navlaridan foydalanish, agrodrondan foydalanish, suv va energiya tejovchi texnologiyalar hamda sun’iy intellektni joriy etish orqali paxta hosildorligini o‘rtacha 65–70 sentnerga yetkazish maqsad qilinganini bildirdi.

 

Davlat rahbari paxtachilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida majburiy mehnatga barham berilgani, ekin maydonlari qisqartirilgani va zamonaviy agrotexnologiyalarga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ham ta’kidladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

Narkodo‘konning “zakladchik” va omborchisi ushlandi: ular jaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil etgan

Tezkor tadbirda qariyb 6 kilogramm giyohvandlik vositasi va ularni tayyorlash jihozlari olib qo‘yildi.