Jahon

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina dronlarining Rossiyaning Belgorod viloyatiga hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Ayni paytda Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari mamlakatning bir nechta hududida elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

 

Belgorod viloyati rasmiylari 4-noyabr kuni uch kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning bildirishicha, Rossiyaning tungi hujumlari to‘qqizta hududdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish obyektlari va podstansiyalarga zarar yetkazgan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukraina hududidagi Kiyev va Jitomir viloyatlarida joylashgan ikkita elektr stansiyasiga zarba berilganini tasdiqlagan.

 

Hujumlar oqibatida Kiyev va uning atrofidagi hududlarda elektr hamda suv ta’minoti bir necha soatga uzilgan. Poytaxtda aholiga ichimlik suvini jamoat suv olish shoxobchalaridan olish tavsiya etilgan. Shuningdek, jabrlangan hududlarda fuqarolarga issiq choy va elektron qurilmalarni quvvatlantirish imkonini beruvchi favqulodda yordam markazlari tashkil etilgan.

 

Rossiya Energetika vazirligi Ukraina hujumlari energetika infratuzilmasiga zarar yetkazganini va vaqtinchalik elektr uzilishi jadvallari joriy etilganini bildirgan.

 

Reuters xabariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Kiyevdan tashqari Poltava, Dnipro, Kirovograd va Rivne viloyatlariga ham zarba bergan.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi 4-noyabrga o‘tar kechasi mamlakatning 14 ta hududi, Qrim yarimoroli, Qora va Azov dengizlari akvatoriyalari uzra Ukrainaning 709 ta droni urib tushirilganini bildirgan.

 

Avvalroq Ukrainaning Rossiya janubidagi Adigeysk shahriga dronlar orqali hujumi oqibatida Ozon kompaniyasining logistika markazida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi. Kompaniya barcha xodimlar evakuatsiya qilinganini, hech kim jabrlanmaganini ma’lum qilgan. Shikastlangan mahsulotlar sotuvdan olib tashlangan, buyurtmalarni yetkazib berish esa boshqa obyektlarga yo‘naltirilgan.

 

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.